SpaceX’dagi sobiq amaliyotchi Saxil Guptaning ma'lum qilishicha, milliarder Ilon Mask Satoshi Nakamoto taxallusi ostida bitkoinni yaratgan. Bu haqda Cryptocoinsnews xabar bermoqda.
Gupta o‘z so‘zlari rost ekanini tasdiqlash maqsadida aytishicha, Mask bitkoinni yaratish jarayonida qo‘llanilgan C ++ dasturiy tilini juda yaxshi tushunadi.
Bundan tashqari, Maskda «global muammolarga yechim topish bo‘yicha qat'iylik» bor. Aniqlik kiritilishicha, bitkoin 2008 yilgi jahon moliyaviy inqirozi vaqtida, markazlashtirilmagan valyuta sifatida yaratilgan.
Shuningdek, SpaceX egasi bitkoin haqida hech narsa demaydi va kriptovalyuta haqidagi yangiliklarga izoh berishni yoqtirmaydi.
Guptaning bildirishicha, Maskning bitkoinni yaratganidan keyin olishi mumkin bo‘lgan mablag‘larga ehtiyoji yo‘q. Mask bitkoinning bugungi kursi hisobga olinsa, uni sotishdan taxminan 8 mlrd dollar olishi mumkin, bu uning rasmiy kapitali – 19,7 mlrd dollardan ikki barobarga kamroq.
O‘z navbatida agentlik bir necha aksil-dalillarni keltirgan. Birinchi galda, Cryptocoinsnews fikriga ko‘ra, 2008 yil SpaceX va Tesla uchun «eng yomoniga» aylangan, bu Maskka bor e'tiborini loyihaga qaratishga xalaqit bergan bo‘lardi.
Bundan tashqari, Mask jurnalistlarning doimiy kuzatuvida, uning barcha faoliyati nazardan chetda qolmaydi. Hamda uchinchidan, milliarderning bitkoin haqidagi bayonoti uning kursiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Maskdan intervyularning birida kriptovalyuta haqida so‘rashgan. O‘shanda u bitkoinni «nisbatan yaxshi narsa» deb hisoblashi, biroq u noqonuniy tranzaksiyalar uchun ham vositaga aylanishi mumkinligini aytgandi.