O‘n yil muqaddam 1000 dollarga aksiya xarid qilib, bugungi kunda qancha ishlab olish mumkin edi?

Iqtisodiyot 18:32 / 26.11.2017 21910

HowMuch loyihasi jamoasi 2007 yilning kuz faslida eng yirik 15 ta kompaniya aksiyalariga 1000 dollar sarmoya yotqizilganida 2017 yilga kelib qancha pul ishlab oliingan bo‘lishi mumkinligini hisoblab chiqdi.

HowMuch hisob-kitoblari aksiyalar qiymatinigina hisobga oladi va investor faqat 1000 dollar sarmoya tikib, olingan foydalar hisobidan yangi aksiyalar xarid qilinmagan xususiy holga asoslangan.

Masalan, 2007 yilda kimdir Netflix’ga 1000 dollar sarmoya yotqizgan bo‘lganida uning paketi bugunga kelib deyarli 50 barobar ko‘proq — 52 ming dollarga yetgan bo‘lar edi. Amazon aksiyalari o‘n yil ichida o‘n barobardan ko‘proqqa, McDonald's va Fedex qimmatli qog‘ozlari ikki barobardan oshiqroqqa o‘sgan.

2007 yildagiga nisbatan aksiyalari qiymati hozir arzonroq bo‘lib turgan yagona kompaniya General Electric bo‘ldi.

Yuqoridagi infografikadagi ko‘k doira 1000 dollarlik investitsiya hajmini ifodalaydi. Qizil doira esa — investitsiyalarning bugungi kundagi qiymatini.

Ko‘proq yangiliklar: