Yevropa banklari Buyuk Britaniyadan 350 mlrd. yevro mablag‘ni olib chiqdi

Iqtisodiyot 16:51 / 26.11.2017 8420

Yevropa banklari Buyuk Britaniyadagi 350 milliard yevro miqdoridagi aktivlarini olib chiqdi. Birlashgan qirollikning YeI tarkibidan chiqish bo‘yicha referendum o‘tkazilganidan so‘ng, 2016 yil iyunidan 2017 yil iyunigacha olib chiqilgan mablag‘lar shunchani tashkil etgan, deb yozmoqda Financial Times nashri YeI rasmiy statistikasiga tayangan holda. 

YeI mamlakatlari banklarining Britaniyada joylashtirgan aktivlari bir yilda 17 foizga qisqarib, 1,94 trilliondan 1,59 trillion yevrogacha kamaygan. Moliyaviy majburiyatlar miqdori ham 1,67 trln yevrodan 1,34 trillion yevrogacha pasaygan. 

Mutaxassislar aktivlarning olib chiqilishini Brexit tufayli kapitaldan ajralib qolish ehtimoli bilan bog‘lashmoqda. Bu tendensiya esa, Buyuk Britaniyaning YeI tarkibidan batamom chiqadigan 2019 yilgacha davom etadi. 

Yevropa bank tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijasiga ko‘ra, Yevropa moliyaviy muassasalarining 1/3 qismi huquqiy me'yorlarning o‘zgarishi ehtimoli bilan bog‘liq noaniqliklarni asosiy sabab sifatida ko‘rsatgan. Qirollik YeI tarkibidan yangi kelishuvsiz chiqsa, kutilayotgan noaniqlik ro‘y beradi. 

Ko‘proq yangiliklar: