Bitcoin o‘z rekordini yana yangiladi - 8,700 dollar

Iqtisodiyot 10:17 / 26.11.2017 5915

Dunyoning eng ommabop kriptovalyutasi hisoblanayotgan Bitcoin 24 noyabrdagi savdolarda 8,700 dollarlik chegarani bosib o‘tdi va o‘z qiymati bo‘yicha navbatdagi eng yuqori natijani qayd etdi. Bitcoin shu kungi savdolarda 6 foizga qimmatlashdi. Uning boshlang‘ich narxi yil boshidan beri 900 foizga oshgan. 

Ta'kidlanishicha, noyabr oyi ushbu kriptvalyuta uchun jiddiy sinov davr bo‘ldi. Shu oyning boshida raqamli valyuta qiymati 5,500 dollargacha arzonlashdi. Bunga SegWit2X amaliyotini bekor qilgani sabab bo‘ldi. 

Chikago birjasi raqamli vlyutalar fyuchers savdolarini o‘tkazishini e'lon qilganidan so‘ng, bitcoin yana narx tizginini qo‘lga oldi. 

Kriptovalyutalar, shuningdek, moliyaviy institutlar qiziqish bildira boshlaganidan keyin yanada qimmatlasha boshladi. Goldman Sachs va Citigroup banklari kriptovalyutalar hamda blokcheyn texnologiyalarini o‘rganayotgani, ularni o‘z portfoliolariga qo‘shish imkoniyatini tahlil qilmoqda.

Bitcoin joriy yilni 1,000 dollar atrofidagi qiymatda boshlagan edi. Uning bozor kapitallashuvi 145 milliard dollarga yetdi. 

Ko‘proq yangiliklar: