Samsung kelasi yil boshida shov-shuvli yangilikni taqdim etadi

Fan-texnika 19:10 / 24.11.2017 9492

Samsung Electonics kelasi yil boshidagi iste'mol elektronikasi ko‘rgazmasida mikronurdiodlardagi televizorni taqdim etadi. ZDNet Korea’ning xabar berishicha, bu qatordagi eng hayratlanarli TV diagonali 150 dyuymni tashkil qiladi.

Bunday hajmlarga ega model uy kinoteatrlari egalariga mo‘ljallangan. Unda 4K displeyli (4096×2160) Cinema LED’dagi kabi texnologiya qo‘llangan. Samsung bu qurilmani yozda taqdim etgandi.

Mikronurdiodlar displeylar texnologiyasining yangi avlodi sanaladi, sababi ancha kontrastga to‘la tasvir bilan ta'minlaydi hamda OLED bilan taqqoslaganda ko‘rsatish jarayonini yengillashtiradi. Uni amalga oshirish inson sochidan katta bo‘lmagan nurdiodlarni tayyorlash murakkabligi va jarayonning yuqori qiymati tufayli ortga surib kelingan, biroq, aftidan, Samsung bu muammoga yechim topgan.

Mikro-LED’ni ishlab chiqish – oddiy bo‘lmagan vazifa. Har bir nurdiodning o‘lchami 100 mikrometrdan kam, hamda har bir mikrochip piksel kabi harakat qiladi. Biroq, agarda bu texnologiya ishonchli ekanini isbotlasa, u energiya iste'molini kamaytirish va OLED’dagi qator muammolardan qutilish imkonini beradi. Ishlab chiqaruvchilar plastik tagliklarni qo‘llashadigan bo‘lishsa, ekranlarni bukiluvchan qilib tayyorlash mumkin, deb yozmoqda ZDNet.

Ko‘proq yangiliklar: