Haqiqiy motor moyini qanday aniqlash mumkin?

Fan-texnika 16:24 / 23.11.2017 31382

Motor moyi - dvigatelning kuchini, soatdek ishlashini ta'minlaydigan narsadir. Sifatsiz suyuqlikni xarid qilish bilan transport vositasining ishlashiga zarar keltirish mumkin. Shu sababli ham qalbaki motor moyini asl moydan farqlash maqsadga muvofiq. Asl motor moyini qanday aniqlash borasida Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi GM Uzbekistan sahifasida ajoyib tavsiyani joylashtirgan.

“Yuqori narx va taniqli brend motor moyining aslligini kafolatlay olmaydi. Ko‘pincha aynan "ommabop" mahsulotlarni qalbakilashtirish birmuncha oson. Keling, qalbaki mahsulotni haqiqiysidan farqlashni o‘rganamiz. 

Manba: GM Uzbekistan
KUN.UZ tarjimasi

Germetik qopqoqli idishga (kanistr) e'tibor bering. U silliq, dag‘alliksiz, tekis chokli bo‘lishi kerak. Plastik shaffof bo‘lmasligi lozim. Haqiqiy kanistrdagi motor moyining darajasini faqat o‘lchov chizg‘ichi bilan aniqlash mumkin. 

Yorliqni unutmang. Agar unda qavariqlar, qiyshiqlik, to‘g‘ri yopishmagan va kanistrdan tushib qolayotgan bo‘lsa - u soxta. Orfografik xatoliklar ham shu jumladan. 

Qopqoqni tekshiring. U mahkam buralgan bo‘lishi kerak. Ishlab chiqaruvchi qopqoqqa o‘ymakor belgi yoki gologramma qo‘ygan bo‘lsa uni qalbakilashtirish qiyin. Bunday belgilar asl motor moyini ajratib olishga yordam beradi. 

Ishlab chiqarish sanasi ham muhim ahamiyatga ega. Sana, aniq vaqt, hatto soniyalar ham tiniq aks etgan va yaxshi ko‘rinib turishi lozim. Partiyada bir soniyada 2 ta kanistr chiqarilishi mumkin emas. Bu motor moyining qalbakiligini bildirib turadi. 

Motor moyining sifatini do‘konda aniqlash mushkul. Xarid jarayonida uning qadog‘iga e'tibor berish lozim.

Agar motor moyi sotib olgan bo‘lsangiz, uning rangi va qayishqoqligiga diqqat qiling. U qahrabo rangda, bir xil va quruq tarkibiy qismga ega aralashmasiz bo‘lishi shart. 

Yashirin ishlab chiqaruvchilar juda omilkor bo‘lishadi. E'tiborlilik - ularga qarshi kurashda asosiy qurolingizga aylansin”, deya haydovchilarga o‘z tavsiyalarini beradi GM Uzbekistan.

Ko‘proq yangiliklar: