2022 yildan boshlab, Cingapurda avtomatik harakatlanuvchi jamoat transport avtobuslarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Bu haqda mamlakat Transport vazirligi bayonot bergan.
Iqtisodiyotning ko‘plab tarmoqlarida ishchi kuchi yetishmay turgan davlatda yuqori texnologik yechimlar, jumladan, inson omili qatnashmaydigan avtomatik harakatlanuvchi mashinalarni ishlab chiqarish ko‘p vaqtdan buyon muhokama etiladi.
Ayni paytda orolda 10ga yaqin shu sohaga ixtisoslashgan kompaniyalar yangi texnologiyani yaratish ustida bosh qotirmoqda.
Ma'lum qilinishicha, haydovchisiz avtobuslar dastlab aholi gavjum bo‘lmagan tumanlarda sinovdan o‘tkaziladi.
Transport mobil aloqa orqali markaz bilan bog‘lanishi, ayni paytdagi holat haqida ma'lumot yetkazib berishi mumkin.