Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi rasmiy saytida shu vaqtgacha noma'lum bo‘lgan sirli Galaxy X haqida ma'lumot paydo bo‘ldi. Gadjyet sertifikatlashtirish jarayonidan o‘tgan, unga SM-G888N0 seriya raqami taqdim etilgan. Bu esa, uning tez orada sotuvga chiqishini anglatadi.
Hozircha, yangi smartfon haqida unchalik ham ko‘p narsa ma'lum emas. U egiluvchan OLED-displeyli portativ qurilma bo‘lishi aniq. Uning tomonlari nisbati 18:9 ni tashkil etadi. Ehtimol Galaxy X yig‘iluvchi smartfon tarzida ishlab chiqilishi mumkin. Unda ZTE Axon M kabi sharnirli mexanizm yoki egiluvchan displeyli seriyali mahsulot bo‘lishi ham noma'lum.
Yangi Samsung smartfonining texnik xususiyatlari ham ko‘rsatilmagan. Ammo Koreyaning sertifikatlashtirish NRRA boshqarmasiga ko‘ra, u hozirda kompaniya tomonidan ishlab chiqilayotgan smartfonlarning hech biriga aloqador emas.
Uning taqdimoti qachon bo‘lib o‘tishi ham aniq emas. Galaxy X namoyishi Galaxy S9 taqdimoti bilan bir vaqtda o‘tkazilishi ham mumkin.