Agrobank jamoasi aholi va mijozlarga yangi xizmat turlarini joriy etib, ularga qulaylik yaratishda faol ish olib bormoqda. So‘nggi kunlarda bank tomonidan taqdim etilayotgan innovatsion xizmat turlari barchani mamnun etayotgani ham bor gap. Bugun xohlaymizmi-yo‘qmi bank tizimidagi o‘zgarishlar va yangiliklar hech bir kishini befarq qoldirmayapti. Quyidagi yangilik ham Siz uchun juda muhim.
Sizda xorijdagi yaqinlaringiz uchun naqd xorijiy valyutada pul yuborish imkoniyati yo‘qmi? Endi bunday imkoniyatga egasiz. Agrobankning xalqaro pul o‘tkazmalari tizimida ilk bor mazkur yangi xizmat turi yo‘lga qo‘yildi. Moliya muassasasining ushbu tezkor va qulay xizmat turi bilan bank filiallari orqali milliy valyutada naqd yoki naqdsiz ko‘rinishdagi o‘tkazmalarni chet elga jo‘natsangiz, yaqinlaringiz mablag‘ni istalgan xorijiy valyutada olishlari mumkin.
Ha aytgandek, chet eldan jo‘natilgan xorijiy valyutalarni Sizning xohishingizga ko‘ra milliy valyutada olish imkoniyati yaratildi.
Mazkur bank jamoasi kelgusida ham aholi va mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini yanada oshirish, innovatsion xizmatlarni amaliyotga tatbiq etishga alohida e'tibor qaratib boradi.
📞 (+998 71) 202 80 08 / 11174, 11176 Agrobank yangiliklarini Telegram-kanalimizda kuzatib boring!
Reklama huquqi asosida