Koreyaning O‘zbekiston iqtisodiyotiga yo‘naltirayotgan investitsiyalari hajmi 5 mlrd. dollardan oshdi

Iqtisodiyot 18:30 / 22.11.2017 8399

Koreya Respublikasining O‘zbekiston iqtisodiyotiga yo‘naltirayotgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari hajmi 5 mlrd. dollardan oshdi. 1994 yildan buyon ikki davlat o‘rtasida savdo iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo qo‘mita faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

O‘zaro savdo munosabatlarida ikki tomon uchun ham afzal bo‘lgan manfaatlar ustuvordir. 2017 yilning yanvar-sentabr oylari oralig‘ida mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro tovar aylanmasi  hajmi  963,45 mln. dollarni tashkil etdi.  (+33,6%)

Jumladan: eksport – 81,15 mln. (-38,6%); import – 882,3 mln. (+49,8%).

Bugungi kunda O‘zbekistonda koreys kapitali ishtirokida  461 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan  386 tasi qo‘shma korxona,  75 ta korxona esa 100% koreys kapitali hisobidan tashkil etilgan.

O‘zaro tovar aylanmasi  ko‘rsatkichi:

 

Ko‘proq yangiliklar: