Toyota kompaniyasi T-HR3 uchinchi avloddagi insonga o‘xshash robotini taqdim etdi. Gumanoid Partner Robot Division kompaniyasi bo‘linmasi tomonidan ishlab chiqildi. Robotga masofadan harakat qilishning yangi tizimi asos qilib olingan, u T-HR3'ga foydalanuvchilar xatti-harakatini o‘xshatish imkonini beradi.
Robot Master Maneuvering System tizimi yordamida boshqariladi. U o‘z ichiga asosiy displey (HTC Vive virtual reallik shlemi), «ma'lumotlar qo‘lqopi» va aylanuvchi palla uzatmalarini qamrab oladi. Bular operatorga robotni «tezkorlik bilan boshqarish», xatti-harakatlar va imo-ishoralarni aniq o‘xshatish imkonini yaratadi. T-HR3’ga joylashtirilgan to‘siqlarni bartaraf etish texnologiyasi avtomatlashtirilgan holda ishlaydi va robotni himoya qilib turadi.
74 kilogramm keluvchi robot avvaliga sinov platformasi sifatida ishlatiladi. Kelajakda Toyota uylarni qurish, tabiiy ofatlarda jabrlanganlarni qidirish va fazoni o‘zlashtirish bo‘yicha yechimlarni shunday gumanoidlar yordamida hal qilishni rejalashtirishmoqda.
T-HR3 29 noyabr-2 dekabr kunlari Tokioda bo‘lib o‘tadigan Robotlar xalqaro ko‘rgazmasida taqdim etiladi.