Amerikaning Hennessey Performance avtomobil atelesi Yer yuzidagi hozircha eng tez avtomashina — Venom F5 ichki qismi qanday ko‘rinishda ekanini namoyish qildi. Uning saloni asosan uglerod tolasidan yasalgan bo‘lib, uskunalar panelining ikki xil namunadagisi xaridorlarga taklif etiladi.
Intererning o‘ziga xos jihati — poyga avtomobillariga o‘rnatiladigan o‘rindiqlar bo‘lib, markaziy tunneli tor, uchta havo quvurlariga ega. Shuningdek, multimedia tizimining asosiy tunnelini ham qayd etish o‘rinli. Eshiklarni ichki tomondan charm tortqichlar vositasida ochish mumkin.
Venom F5 uchun rul chambaragi va uskunalar panelining ikki namunasi ishlab chiqilgan. Xaridor birinchisida an'anaviy ko‘pfunksiyali rulga ega bo‘lsa, ikkinchisida integratsiyalashgan raqamli rulni tanlashi mumkin.
Hennessy Venom F5 shassisi va kuzovi ham karbondan yasalgan. Giperkarga 7,4 litrli juft turbo «sakkizlik» motor o‘rnatiladi. U 1600 ot kuchiga ega. Agregat 7 bosqichli «avtomat» uzatmalar qutisi yordamida harakatlanadi. Venom F5 joyidan soatiga 300 km tezlikka 10 soniyada erishadi. Uning eng yuqori tezligi 482 km/soatni tashkil etadi.