Germaniyada bolalarga «aqlli» soatlarni taqib yurish taqiqlandi

Fan-texnika 15:00 / 20.11.2017 5443

Germaniya telekommunikatsiya agentligi bolalarga «aqlli» soatlarni taqib yurishni rasman taqiqladi, shuningdek ota-onalardan sotib olingan barcha gadjyetlarni yo‘q qilishni so‘radi. Bu haqda The Verge xabar bermoqda.

Idora «aqlli» soatlarni taqiqlangan eshitish qurilmalariga tenglashtirib qo‘ydi. Rasmiy xabarga ko‘ra, 5-12 yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan bunday qurilmalardan josuslik va kimnidir ortidan kuzatish ishlarida foydalanish mumkin.

Ma'lumot uchun, Germaniyada shaxsiy suhbatlarni ruxsatsiz yozib olish jinoyatga tenglashtirilgan qonun bor. 

Ko‘proq yangiliklar: