Endi transport qahva yordamida ham ishlaydigan bo‘ladi

Fan-texnika 15:27 / 20.11.2017 5912

Londonda avtobuslar qahva chiqindilari asosidagi bioyoqilg‘idan foydalanadigan bo‘ladi, deb xabar bermoqda «Bi-bi-si».

Biobean kompaniyasining ma'lum qilishicha, ishlatilgan qahva donlaridan olingan moydan iborat bo‘lgan yoqilg‘ini o‘ylab topgan. Firma ma'lumotlariga ko‘ra, londonliklar yiliga taxminan 200 ming tonna qahva chiqindilarini yuzaga keltirishadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, bitta avtobus bir yil davomida dizel aralashtirilgan qahvali yoqilg‘ida ishlashi uchun taxminan 2,55 mln. finjon qahva kerak bo‘ladi.

Ma'lumot uchun, Londonda ayni damda oshxona yog‘idan olinuvchi bioyoqilg‘i ham ishlatib kelinmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: