Germaniyaning texnik nazorat uyushmasi mutaxassislari Yevropadagi eng ishonchli avtomobillar reytingini tuzishdi. Tadqiqot natijalari kompaniyaning rasmiy saytida e'lon qilindi.
Reytingga ko‘ra, eng ishonchli mashina deb Mercedes-Benz SLK topildi. 2-o‘rinni Volkswagen Golf Sportsvan egalladi. Yetakchi uchlikni esa B-sinfdagi Mercedes yakunlamoqda. 4-o‘rinni Mercedes GLK, 5-o‘rinni esa Mazda 2 mashinalari egallagan.
Ta'kidlash joizki, yoshi 4 va 5 yildan kattaroq mashinalar orasida B-sinfdagi Mercedes, Porsche 911, Mazda CX-5 va Audi Q5 modellari yetakchilik qilmoqda. Yoshi 6 yildan 7 yilgacha bo‘lgan mashinalar orasida esa Porsche 911, Audi Q5 va TT, Honda CR-V va Mazda eng ishonchlilari deb topildi.