Tesla avtopilotli birinchi elektr yuk mashinasini taqdim etdi. Hodisa translyatsiyasi kompaniya rasmiy saytida amalga oshirildi.
«Oddiy yuk mashinalar ombor dizayniga ega bo‘lgan bir vaqtda, Tesla mashinasi o‘q kabi loyihalashtirilgan», - deya yangi transportni maqtagan kompaniya asoschisi Ilon Mask.
U texnik xususiyatlar haqida gapirar ekan, yuk mashinasi 804 kilometr masofani bosib o‘tishi haqida xabar berdi. Avtomobil bunday masofani to‘la yuklamali holatda va maksimal tezlikda bosib o‘tadi. Maskning so‘zlariga ko‘ra, aksariyat yuk yo‘nalishlarining uzunligi – 402 kilometr, shuning uchun mashinada ortiqcha quvvatlantirmay turib kerakli joyga borish hamda ortga qaytish mumkin.
Furada to‘rtta mustaqil dvigatel bor – har bir orqa g‘ildirakka bittadan. Tesla yuk mashinasi akkumulyatori uchun megazaryadka (megachargers) taqdim etadi. Mashina besh soniyada soatiga 60 kilometr tezlikka chiqishi mumkin.
Maskning iddao etishicha, Tesla’da yukni olib borish 1,6 kilometr uchun 1,26 dollarga tushadi. Ishlab chiqarish 2019 yilda boshlanadi.