Hyundai uch yil ichida 8 ta yangi krossover ishlab chiqarmoqchi

Fan-texnika 22:36 / 16.11.2017 9014
Foto: motor.ru

Hyundai kompaniyasi AQSh bozoridagi strategiyasini ko‘rib chiqishini e'lon qildi va krossoverlari qatorini kengaytirishga e'tibor qaratishga qaror qildi. 2020 yilgacha marka 8 ta yangi yoki modernizatsiya qilingan yo‘ltanlamas chiqaradi. Mashinalarning chiqarilishi jadvali oldinroq chop etilgan. 

Hyundai ishlab chiqaradigan yangi modellar orasida ixcham Kona krossoveri ham bor. Bu mashina joriy yozda namoyish qilingan, biroq AQShda 2018 yil martidan sotuvda paydo bo‘ladi.

Foto: motor.ru

Kompaniya keyinroq chiqariladigan qolgan modellar haqida hech narsa ma'lum qilmagan. Ko‘rinishicha, bu modellar mavjud modellarning elektrda yoki dizelda ishlovchi modifikatsiyalari bo‘ladi.

Avvalroq elektr variant aynan Kona’da paydo bo‘lishi taxmin qilingandi. Model 50 kilovatt-soatdan ko‘proq sig‘imga ega batareya oladi, uning yurish zaxirasi 350 km ni tashkil qiladi. 

Foto: motor.ru

Hyundai Kona ixcham krossoverlar qatori uchun maxsus ishlangan yangi platforma negizida quriladi. Model uchun 4 ta dvigatel, jumladan 3 litrli, 3 silindrli, 120 ot kuchiga ega dvigatel taklif qilinadi. Yevropa va boshqa davlatlarda modelning 1,6 litrli dizelli dvigatelga ega varianti ham paydo bo‘ladi.

A-segmentga (o‘ta ixcham) qarashli yana bir yo‘ltanlamas “Kona”dan kichikroq bo‘ladi, biroq u haqda ham hozircha hech narsa ma'lum emas. Shuningdek kompaniya rejasida keyingi avloddagi Santa Fe va Grand Santa Fe modellarini chiqarish bor. 

Shuningdek, kompaniyaning vodorodda ishlovchi dvigatelli avtomobili paydo bo‘ladi. Ehtimol, bu yangi Tucson Fuel Cell bo‘ladi. Bu o‘rta o‘lchamdagi krossover 2019 va 2020 yillar oralig‘ida chiqishi haqidagi ma'lumotdan boshqa u haqda hech narsa ma'lum emas.

Ko‘proq yangiliklar: