Dubayda o‘tayotgan avtosalonda avtomobillarning 100dan ortiq yangi modellari namoyish etilmoqda - foto

Fan-texnika 01:22 / 16.11.2017 29320

Dubai Motorshow avtosalonida mintaqa bozori uchun tayyorlangan yuzdan ortiq yangi avtomobil modellari namoyish etilmoqda. Ularning orasida yo‘ltanlamaslar, superkarlar, elektromobillar va jahon ishlab chiqaruvchilari, hattoki BAAning o‘zida yig‘ilgan boshqa yangi avtomobillar bor.

Xususan, mintaqada ilk bor Rolls-Royce Spirit of Calligraphy’ning dizaynida arab husnixati ishlatilgan eksklyuziv modeli namoyish etildi. Xuddi shu uslub avtosalonda namoyish etilayotgan McLaren Black and Gold 720S dizayni hamda Yaqin Sharq bozori uchun maxsus tayyorlangan Aston Martin Vanquish Pearl Edition modelida ham takrorlangan.

Maserati, Ferrari, Lexus, Jeep, Infiniti, Hyundai, Porsche va boshqalar ham o‘zlarining so‘nggi rusumdagi mashinalarini taqdim etishgan.

Dubay avtosalonida ilk bor ishtirok etayotgan Italiyaning Icona avtoishlab chiqaruvchisi o‘zining yangi Vulcano Titanium giperkarini namoyish etgan. U ba'zi ma'lumotlarga qaraganda jahonda seriyali ishlab chiqariluvchi eng qimmatbaho avtomobillardan biriga aylanishi mumkin.

Ushbu avtomobilning boshlang‘ich narxi 2,8 million dollar. Superkar titandan yasalgan, uning vazni 1,6 tonnadan ziyod, maksimal tezligi soatiga 355 km.ni tashkil etadi. Avtomobil dizaynerlari norasmiy ravishda Blackbird (qoraqush) deb ataluvchi Lockheed SR-71 tovushdan tez uchar samolyot dizaynidan ilhomlanishgan.

Mahalliy Devel avtosozi ko‘rgazma qatnashchilariga o‘zining Sixteen deb ataluvchi superkari versiyasini taqdim etgan. U motori quvvati 5 ming oti kuchiga teng bo‘lgan, jahondagi birinchi eng qudratli avtomobil hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: