AQSh dollari va yevronining qiymati Moskva birjasida faol ravishda o‘sdi hamda dollarning kursi 15 avgustdan beri ilk bor 60 rubldan oshdi. Bunga esa bozor ishtirokchilari tomondan valyutaga talabning oshishi sabab bo‘lgan.
AQSh dollari kursi 60,02 rublni, ya'ni avvalgi savdolarga nisbatan 67 kopeykaga oshgan. Yevro 70,54 rubl bo‘ldi va 1,26 rublga qimmatlagan. Yevro kursi 30 avgustdan beri ilk bor 70 rubldan oshgan.
Neft narxining pasayishi va boshqa bir qator omillar rublning asosiy valyutalarga nisbatan kuchsizlanishiga olib keldi.