Argentinaning o‘yinini ko‘rgani kelgan fanatlar YTH natijasida vafot etdi
«Gazel» rusumidagi yo‘lovchi tashuvchi avtomobilda bo‘lgan bir guruh futbol fanatlari Rostov viloyatida jiddiy avtohalokatga yo‘liqqan. Bu haqda rus matbuoti xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi natijasida besh nafar futbol fanati vafot etgan. Ular Krasnodarda bo‘lib o‘tgan Argentina va Nigeriya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvini (2:4) ko‘rib yana Rostovga qaytayotgan bo‘lgan.
«Gazel» KamAZ rusumidagi yuk mashinasiga borib urilgani aytilmoqda. Halok bo‘lganlardan tashqari yana olti nafar yo‘lovchi jarohati sabab shifoxonaga yotqizilgan.
Mavzuga oid

11:20 / 04.12.2019
Tomoshabinlar tashrifi: Superligada eng ko‘p muxlis qaysi klub va shaharlarda?

10:30 / 11.09.2019
O‘rtoqlik uchrashuvlari. Argentina Messisiz yirik g‘alabaga erishdi, Braziliya Neymar bilan yutqazdi

09:35 / 06.06.2019
O‘rtoqlik uchrashuvlari. Qatar Braziliyaga yutqazdi, Yaponiya Trinidad va Tobagoni yenga olmadi

12:30 / 05.05.2019