O‘rtoqlik uchrashuvlari. Qatar Braziliyaga yutqazdi, Yaponiya Trinidad va Tobagoni yenga olmadi

Sport 09:35 / 06.06.2019 4697

FIFA kunlari doirasidagi navbatdagi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Osiyo chempioni Qatar milliy jamoasi Braziliya mehmoni bo‘lib, 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Yaponiya esa o‘z maydonida Trinidad va Tobago bilan bahsda golsiz durang qayd etdi.

Amerika termalari o‘rtasidagi o‘yinlarda AQSh Yamaykaga, Kosta-Rika Peruga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi; Meksika Venesuelani 3:1 hisobida dog‘da qoldirgan bo‘lsa, Paragvay va Honduras termalari durang qayd etishdi – 1:1.

O‘rtoqlik uchrashuvlari
5 iyun
Paragvay – Honduras 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar
: 1:0 – 15, penalti Kardoso, 1:1 – 75 Figeroa.

AQSh – Yamayka 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 60 Nikolson.

Braziliya – Qatar 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar
: 1:0 – 16 Risharlison, 2:0 – 24 Gabriel Jyezus.
Braziliya – Ederson, Dani Alves (Eder Militao, 81), Miranda, Markinos, Filipe Luis (Aleks Sandro, 76), Kazemiro, Koutino (Lukas Paketa, 68), Artur(Fernandino, 66), Risharlison (Neres, 63), Neymar (Everton, 21), Gabriel Jyezus.
Katar – Al-Shaab, Al-Hajri, Hassan (Afif, 84), Pedru Migel, Salmon, Madibo, Xuxi, Hotim (Abdulsalom, 87), Ali, Afif (Alaa, 88), Xolid (Duzande, 79).
Ogohlantirishlar: Pedru Migel (52), Kazemiro (71), Madibo (81).

Peru – Kosta-Rika 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 53 Kueva.

Meksika – Venesuela 3:1 (1:1, 2:0)
Gollar
: 0:1 – 18 Murilo, 1:1 – 32 Alvarado, 2:1 – 54 Pisarro, 3:1 – 76 Guardado.
Meksika – Orosko, Reyyes, Arauxo, Navarro (Sanches, 68), Alvares (Moreno, 31), Guterres (Guardado, 68), Galyardo, Alvarado (Antuna, 68), Pisarro (Pineda, 55), Ximenes (Vega, 82), Rodriges.
Venesuela – Farines, Osorio, Rosales, Ernandes, Vilyanueva, Murilo (Penyaranda, 75; Aristegeta, 86), Rinkon, Moreno, Errera (Anor, 60), Machis(Savarino, 46), Rondon (Martines, 46).
Ogohlantirishlar: Guterres (41), Rinkon (44), Rosales (61).

Yaponiya – Trinidad va Tobago 0:0
Yaponiya – Shmidt, Nagatomo (Xaraguti, 80), Sakai (Muroya, 62), Xatanaka, Morita (Kobayasi, 61), Doan (Ito, 71), Sibasaki, Tomiyasu, Nakadzima (Minamino, 71), Sedzi, Osako

Ko‘proq yangiliklar: