Venesuelada neft qazib olish miqdori 28 yilda birinchi marotaba bir kunda 2 mln barreldan pasaydi va 1,95 mln barrelni tashkil etdi. Neft eksport qiluvchi tashkilot – OPeKning noyabr oyida e'lon qilgan hisobotida shu haqda so‘z boradi, deb yozmoqda TASS.
EFE agentligining qayd etishicha, Venesuelada neft qazib olish ko‘rsatkichi 2015 yilga doir raqamlar bilan taqqoslanganda 699 ming barrelga kamaygan.
Neft Venesuelaning asosiy eksport mahsuloti hisoblanadi. Ushbu xom ashyo mahsuloti narxining pasayishi mamlakatda keskin ijtimoiy-iqtisodiy inqirozni keltirib chiqardi. Inflyatsiya darajasi va milliy valyutaning qadrsizlanishi kuchaydi. Xalqaro valyuta jamg‘armasining taxminlariga ko‘ra, 2017 yili Venesueladagi inflyatsiya 652,7 foizni, 2018 yili 2349,3 foizni tashkil etadi.