"Yandeks" kompaniyasi matbuot xizmati ma'lumotlarga ko‘ra, o‘zbekistonliklarning mobil telefonlar bo‘yicha so‘rovi tahlillari shuni ko‘rsatmoqdaki, oktabrda O‘zbekiston aholisi Yandeksda ko‘proq yangi iPhone X’ni izlashgan. Bu haqda Mobinfo.uz xabar bermoqda.
Ro‘yxatning ikkinchi o‘rnidan Xiaomi Redmi 4X smartfonni joy oldi – u O‘zbekistonda 2017 yildagi eng ko‘p sotiluvchi qurilmadir. Shuningdek, iPhone’ning avvalgi modellariga ham qiziqish oshgan. Samsung smartfonlari ham yoddan chiqarilmagan, ular ham top-o‘ntalikka kirdi.
O‘zbekiston fuqarolari Yandeksda oktabr oyida eng ko‘p izlagan smartfonlar top-o‘nligi:
1. iPhone X
2. Xiaomi Redmi 4X
3. iPhone 8
4. Samsung Galaxy S8
5. iPhone 7
6. iPhone 6
7. Samsung Galaxy S7
8. Samsung Galaxy J5
9. iPhone 5s
10. iPhone 5.