Italiyada 850 gramm tryufel zamburug‘i kim oshdi savdosida 75 ming yevroga sotildi

Iqtisodiyot 11:55 / 13.11.2017 6798

Italiyada tashkil etilgan kim oshdi savdosida bir kg.dan kam bo‘lgan tryufel 75 ming yevroga sotildi, deb xabar bermoqda Grintsane-Kavur qal'asi sayti. Aynan shu yerda Asta Mondiale del Tartufo Bianco d'Alba kim oshdi savdosi bo‘lib o‘tdi.

Asosan ziravor sifatida foydalaniladigan qo‘ziqorinning bir turini honkonglik Yudjin Fung xarid qilgan. U sun'iy yo‘ldosh aloqasi orqali savdoda ishtirok etgan. 

Umuman 10 turdagi tryufel qo‘yilgan kim oshdi savdosidan 370 ming dollarga yaqin mablag‘ tushgan.

"Yil qiyin bo‘lganiga qaramay kim oshdi savdosida ko‘plab yuqori sifatli mahalliy zamburug‘larni sotdik. Hongkong bu safar ham muhim savdo maydoniga aylandi", — degan kim oshdi savdosi tashkilotchilaridan biri. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, "mablag‘larning bir qismi xayriya ishlariga yo‘naltiriladi".

Ko‘proq yangiliklar: