Xitoyda soatiga 12 ming km tezlik bilan ucha oladigan parvoz qurilmasi sinovdan o‘tkazildi

Fan-texnika 18:45 / 13.11.2017 8929

Xitoyning CCTV telekanali o‘z reportajida gipertovushli tezlik bilan uchuvchi DF-ZF uchuvchisiz, zarba beruvchi parvoz qurilmasi DF-ZF’ning aerodinamik quvurdagi sinovini namoyish qildi. 

Xitoyda yaratilgan ushbu tajribaviy qurilma soatiga 12 ming km tezlik bilan ucha oladi va yadroviy jangovar kallaklarga ega raketalar bilan jihozlanadi. Dron-samolyot 7 yillik sinov parvozlaridan o‘tkazildi va ular muvaffaqiyatli deb topilgan. Qurilmaning asosiy xususiyati shundaki, uni gipertovushli tezlikda uchishi evaziga yerdagi va dengizdagi stansiyalar hamda sun'iy yo‘ldoshdan olinadigan ma'lumotlardan foydalanuvchi havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari bilan ushlab bo‘lmaydi. 

Raketaning jangovar kallagi koinotda va atmosferaning yuqori qatlamlarida katta tezlik, biroq oldindan aytish mumkin bo‘lgan trayektoriya bilan harakatlanadi. Ushbu qurilma tomondan aerodinamik kuchlarning qo‘llanishi uni harakatchanroq qiladi va shu sababli uni an'anaviy havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari yordamida urib tushirishning imkoni juda kamdir. Qurilma uchirilgandan keyin atmosferaga ballistik trayektoriya bo‘yicha kiradi va aerodinamik ko‘tarish kuchi hisobiga harakat yo‘nalishini gorizontal yo‘nalishga yaqin o‘zgartiradi.

Katta balandlikda yer sirtiga deyarli parallel ravishda juda katta tezlikda harakatlanish hujum qilish vaqtini ancha kamaytiradi, atmosferaga kirish vaqtida kinetik energiyaning katta zaxirasini qo‘llash esa parvoz uzoqligini ancha kattalashtirishi mumkin. DF-ZF qurilmasi dunyodagi eng katta va uchish qurilmalarini 11 ming km/soat tezlikda sinashga qodir bo‘lgan gipertovushli aerodinamik quvur JF-12’da sinalgan.

Ko‘proq yangiliklar: