Sarmoyadorlarning oltinga bo‘lgan talabi rekord darajada pasaydi

Iqtisodiyot 14:30 / 12.11.2017 7655

Jahon oltin kengashi ma'lumotlariga ko‘ra, dunyoda oltinga bo‘lgan talab 2009 yil oxiridan beri rekord darajada pasayib ketgan. 2017 yilning III choragida qimmatbaho metallga bo‘lgan talab 915 metr/tonnani tashkil qilgan, bu bir yil avvalgi natijadan 9 foizga kam. 2017 yilning sentabrida esa yillik narx rekordi qayd etilgan. 

III chorakda sarmoyadorlarning oltinga bo‘lgan umumiy talabi 28 foizga pasayib ketdi - bu bir yil avvalgi ko‘rsatkichlarga nisbatan 241 metr/tonnagacha tushganini bildiradi. Birja investitsion fondlari qimmatbaho metall oqimining keskin pasayganini qayd etdi: o‘tgan yilga nisbatan 87 foizga kam. Sarmoyadorlar fond bozoriga qarshi pul tikishni istashmayapti, deya ma'lum qilindi Jahon oltin kengashining so‘nggi hisobotida. 

"Bu yil fond birjalari birin-ketin maksimum-rekordlar o‘rnatishmoqda. Shu bois sarmoyadorlar, aftidan, oltinga katta ehtiyoj yo‘q, degan qarorga kelishgan", - deya taxmin qilishmoqda tahlilchilar.

Hatto AQSh va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi so‘z urushi eskalatsiyasi ham  so‘nggi choraklarda oltin to‘plashga unday  olmadi. AQShning joriy yildagi oltin yombi va tangalariga bo‘lgan talabi 2006 yildan buyon eng kam ko‘rsatkichni qayd etdi.

Biroq Osiyoda oltinga bo‘lgan talab oshib bormoqda. Xitoylik sarmoyadorlar yuanning ehtimoliy qadrsizlanishi va ko‘chmas mulkka sarmoya kiritishda davlat cheklovlaridan xavfsirab, borgan sari oltinga ko‘proq murojaat qilishmoqda.

Markaziy banklar shuningdek o‘z xaridlarini faollashtirdi: III chorakda oltinga bo‘lgan talab 111 metr/tonnagacha oshdi, bu bir yil avvalgi ko‘rsatkichdan 25 foizga yuqori; deyarli barcha xaridlar Rossiya va Turkiyadan amalga oshirilgan. 

Bundan tashqari, 2010 yildan buyon birinchi marta texnologiyalarda qo‘llanuvchi oltinga bo‘lgan talabning oshishi kuzatilmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: