Bitkoin - muqarrar ko‘pik, lekin u tez orada yorilmaydigan xilidan

Fan-texnika 02:22 / 12.11.2017 15359

Yaqinda e'lon qilingan bir necha maqolalar mazmuniga ko‘ra, bitkoin — sovun ko‘pigi ekanligi va uning yorilishi muqarrar ekanligi ta'kidlandi, bir vaqtning uzida uning qiymati osha borishi ham bashorat qilindi. VC.RU blogeri Faxriddin Mirzoyev har ikki tomonni yaxshilab o‘rganib chiqib, savol-javob formatida mantiqiy xulosaga kelishga urinib ko‘rgan.

Foto: vc.ru

Bitkoin — bu ko‘pikmi?

Keling, avvalo «ko‘pik» so‘zining mazmunini aniqlashtirib olaylik: odatda bozor narxi haddan ziyod oshirib yuborilgan aktivlar shunday ataladi — bunga sabab esa chayqov talabining haddan ziyod bo‘lishidir. Bitkoin ham shunaqa xilidanmi? Shubhasiz shunday, chunki uning qiymatining ulkan qismi faqatgina chayqov talabiga ko‘ra shakllangan. Ya'ni insonlar valyutani arzonroq sotib olib, boshqa maqsadlarsiz faqat qimmatroqqa pullashni o‘ylashadi.

 

Nega unda bu klassik ko‘pik emas?

Talabning boshqacharoq qismi ham bor-da. Bu talabni bitkoindan to‘lov vositasi sifatidan foydalanyotganlargina keltirib chiqarishmoqda. Ular ulkan miqdordagi loyihalar va xususiy shaxslar bo‘lib, ularning soni tobora oshib bormoqda.

 

Nega bitkoin o‘sishda davom etmoqda?

Talabning tushunarli tuzilmasi bor: chayqov va utilitar (ya'ni, hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun). Tushunarli taklif ham bor: cheklangan emissiya. Talab osha boradi, taklif esa yo‘q. Qiymat oshayotganiga bosh sabab shu.

 

Talab nimaning hisobiga oshadi?

Chayqov tomonlama — investitsion tarafdan jozibali bo‘lgani uchun.

Utilitar tomonlama — hisob-kitoblarning oddiyligi tufayli. Aytaylik, eng yaqin bank muqobili — Swift’dan ko‘ra xorijga bitkoin vositasida pul o‘tkazish karrasiga osonroq.

Foto: biz.a42.ru

Unda taklif nega oshmayapti?

Chunki bitkoinlarni ishlab chiqarish turli shartlar bilan cheklab qo‘yilgan. Jami bo‘lib tangalar soni 21 milliondan ortiq bo‘lishi mumkin emas.

 

Qanday sharoitlarda ko‘pik yoriladi va bu qanday ko‘rinishga ega bo‘ladi?

Barcha chayqovchilar birdaniga chiqib kelgan sharoitda.

Bu holatda uning kursi keskin pasayadi, lekin nolga teng bo‘lmaydi. Qiymat muvozanatlashadi, kurs tebranishlari pasayadi. Muvozanatlashgandan so‘ng kurs yana o‘sa boshlaydi, lekin ancha sekin sur'atda.

 

Qachon barcha chayqovchilar birdaniga chiqishi mumkin?

Aytaylik, bikoin qonundan tashqarida deb e'lon qilinsa va uni ishlatish va sotish uchun jiddiy jazolar joriy etilsa.

Bu vaqtga kelib uning qiymati eng baland bo‘lib turgan bo‘ladi.

 

Qanday sharoitlarda bitkoin tanazzulga uchramaydi yoki pasaysayam sezilmaydigan darajada pasayadi?

U to‘laqonli to‘lov vositasiga aylansa yoki, aytaylik, utilitar talab chayqov talabidan yuqori bo‘lsa.

 

Nega to‘laqonli davlatlar bitkoinni to‘laligicha qonuniylashtira olmaydi?

Bunga sabab uchta:

- milliy valyutaning qadrsizlanishi;

- depozitlar;

- tartibga solish borasidagi muammolar.

Qadrsizlanadigan pul kimga ham kerak? Hisob-kitoblar qiymati osha boradigan surrogatlarga sekin-asta o‘ta boshlaydi. Ehtimol, bitkoin ofshorlardan birida to‘liq qonuniylashtirilar.

Foto: hi-news.ru

Bitkoin qanday qiymatga ega?

Oltin zanglamas metall ekanligidan tashqari yana qanday qiymatga ega? Hech qanday. Bozor ishtirokchilar uni ayirboshlash birligi sifatida tan olishgan, xolos. Bu yerda ham shunday.

 

Qanday sharoitlarda bitkoin-ko‘pik yorilmasligi mumkin?

Bitkoin haqqoniy to‘lov vositasiga aylantirilsa, qog‘oz pullarning qiymati tusha boshlaydi, chunki bitkoinning qog‘oz pullardan farqli o‘laroq, cheklangan emissiya tufayli qiymati orta boshlaydi. Bu holatda bitkoin egalarining o‘zini ochiqlashdan nima naf bor?

 

«Qora kripto-payshanba»ni qachon kutish kerak?

Kriptovalyuta talvasasi hali o‘zining avjiga yetib kelgani yo‘q. Yozda hali bunga kamida uch yil vaqt kerak, deb yozgan edim. Ushbu taxminimda sobitman.

Foto: digital.m24.ru

Uning qiymati oshishiga doir prognozlar qanday?

Hozir bitkoin kapitalizatsiyasi 120 mlrd. AQSh dollariga teng. 1971 yilda (AQSh oltin standartidan to‘liq voz kechgan yil) asos solingan NASDAQ kapitalizatsiyasi ayni paytda 6,8 trln. dollarga teng. Ayni paytda ruxsat etilgan 21 milliontadan 16.673.475 ta bitkoin muomalada. Kapitalizatsiya oyiga taxminan 20 mlrd.ga o‘sib bormoqda. Mening o‘ta sub'yektiv baholashimga ko‘ra, taxminan 20 mln.ta tanga muomalada bo‘la turib, bitkoin kapitalizatsiyasi 200 mlrd. dollarlik chegaradan o‘ta olmasligiga sabab ko‘rmayapman. Ya'ni minimal prognozimga ko‘ra — bitkoinning bir donasi 10 ming dollarga teng bo‘ladi.

 

Xulosa o‘rnida

Bitkoin — bu ko‘pik, ya'ni uning real qiymati chayqov talabi orqali oshirib yuborilgan.

Bu ko‘pik turlicha yorilishi mumkin — qiymatining katta qismini yo‘qotishi yoki kamroq qismidan ayrilishi, ya'ni real hisob-kitob talablariga javob beradigan kurs darajasigacha tushishi mumkin.

Ma'lum bir sharoitlarda yorilmasligi ham mumkin — lekin bunday hodisaning yuz berish ehtimoli juda past.

So‘nggi 40 yil ichida yirik pullarning aksariyati ko‘piklar vositasida qilinmoqda, buning allaqachon uyatli joyi qolmagan. Chop etiluvchi pullar aynan shu sababli oltinga bog‘lanishdan xalos etilgan — aktivlarning yangi turlari paydo bo‘lishi va iqtisodiy o‘sish rag‘batlantirilishi uchun. Qani bugungi kunda qiymati oshirilmagan birorta aktivni ko‘rsata olasizmi? Bunday aktiv o‘zi kimga ham kerak?

Ko‘proq yangiliklar: