Xitoydagi eng yirik elektron savdo platformasi hisoblangan Alibaba'ning 11 noyabr, Bo‘ydoqlar kunidagi sotuvlar hajmi 168,3 milliard yuan (25,4 milliard dollar)ga yetdi. Ta'kidlash joizki, bu kuni butun mamlakat bo‘ylab keng ko‘lamli chegirmali sotuvlar amalga oshiriladi. "Sinxua" shu haqidagi xabari bilan bo‘lishdi.
24 soat ichida taxminan 812 million buyurtma qabul qilindi, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlardan 23 foizga ko‘p degani. Buyurtmalarning 10 millionga yaqini ilk to‘rt soat ichida qayd qilingan. Alibaba orqali ommaviy chegirmali sotuvlarda dunyoning 206 mamlakatidan 140 ming xorijiy brend ishtirok etdi.
Ta'kidlash joizki, Alibaba 2009 yildan boshlab Xitoyda Bo‘ydoqlar kuni ommaviy chegirmali sotuvlar g‘oyasini ilgari surib keladi. O‘shandan beri 11 noyabr nafaqat internet-do‘konlarda, balki butun mamlakatning savdo markazlarida an'anaviy chegirmalar kuniga aylandi.
Shanxayda deyarli barcha yirik savdo nuqtalari shopogoliklar uchun haqiqiy topilmaga aylandi, ko‘plab do‘konlarda uzundan uzoq navbatlar kuzatildi, avtomobil yo‘llari va avtoturargohlarda esa katta tirbandliklar yuzaga keldi.