Qirg‘izistonda benzin markasiga qarab uning narxi 1-1,5 somga qimmatlashdi.
Ta'kidlanishicha, Chuy viloyati va Bishkekda Ai-95 markasidagi benzinning bir litri 41-41,5 somdan, Ai-92 – 39-40 som, Ai-80 – 34-35 som va dizel yoqilg‘isi 36-37,2 somdan sotilmoqda.
Avvalroq Qirg‘izistonning monopoliyaga qarshi organi yoqilg‘i narxlarining oshishini unga Rossiyada talab oshgani bilan bog‘lagandi.
9 noyabrda Qirg‘iziston Jogorku Keneshi yig‘ilishida deputat Ishoq Pirmatov Qirg‘iziston yoqilg‘i-moy mahsulotlarini olib kirmasligi va mamlakatda ularning zaxirasi bor-yo‘g‘i ikki haftaga yetishini aytgan. Biroq Qirg‘izistonning sanoat, energetika va yer qa'ridan foydalanish davlat qo‘mitasida mavjud zaxiralar bir necha oyga yetishi ta'kidlangan.