O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xorijiy mamlakatlarda yashovchi yuqori malakali mutaxassislar va o‘qituvchilarni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkentdagi INHA universiteti va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabni rivojlantirish sa'y-harakatlariga qo‘shilishga chaqiradi.
Vazirlik xorijda istiqomat qilayotgan va o‘z vataniga qaytish istagidagi yuqori malakali yurtdoshlarimizni qidirmoqda.
PhD sohiblari, tajribali menedjyerlar, ilmiy noshirlar va ta'lim yo‘nalishidagi boshqa ekspertlarga vazirlik tomonidan barcha zaruriy sharoitlar yaratilishi rasman e'lon qilinadi.
Shu bilan birga, agar sizda o‘qitish, ilmiy izlanishlar olib borish va AKT sohasidagi o‘quv muassasalarida islohotlar jarayonini boshqargan holda respublikamiz rivojlanishiga hissa qo‘shish istagi bo‘lsa, unda sizni O‘zbekistonga taklif qilamiz va quyidagilarni taqdim etishga tayyormiz:
1) Yuqori ish haqi;
2) Toshkent shahrida doimiy propiska;
3) Tadqiqot loyihalarini moliyalashtirish;
4) Maxsus ipoteka dasturi va boshqa bonuslar (ishingiz samaradorligidan kelib chiqib).
Agar sizda ushbu dasturga qiziqish uyg‘ongan bo‘lsa, rezyumengizni HR@mitc.uz manziliga yuboring.