Citigroup prezidenti: Hukumatlar noiloj o‘z kriptovalyutasini chiqarishni boshlaydi

Iqtisodiyot 09:00 / 10.11.2017 8319

Bitkoin dunyo moliya tizimiga real xavf soladi va turli davlatlar hukumatlarida o‘z kriptovalyutalarini chiqarishdan boshqa tanlov qolmaydi, deb hisoblamoqda Citigroup Inc. prezidenti Maykl Korbat.

“Hukumatlar qandaydir odamlar ularni ma'lumotlarni nazorat qilish, soliqlar yig‘ish, pullarni yuvishga qarshi kurashish va “o‘z mijozini” bilish me'yoriga amal qilishda cheklashlarini oson qabul qila oladilar, deb o‘ylamayman. Ehtimol, hukumatlar kriptovalyuta emas, bu to‘g‘ri kelmaydigan atama, o‘z raqamli valyutalarini taqdim qiladilar”, deb aytdi Korbat Bloomberg’ga bergan intervyusida. 

Bu esa ko‘pchilik bitkoinning valyuta sifatida “yashab keta olishiga” shubha bildirayotgan  tarmoqda yangi imkoniyatlarni ochadi, vaholanki yaqinda uning narxi 7500 dollargacha ko‘tarilib ketdi.

Korbatni bitkoin bank tizimidagi ko‘plab himoya choralarini chetlab o‘ta olishi tashvishlantirmoqda.

Misol uchun, AQSh qonunchiligi banklardan tranzaksiyalarni pullarni yuvish, poraxo‘rlik, korrupsiya va terrorchilikni moliyalashtirishda qo‘llanmasligini kuzatishni talab qiladi. Bu orada bitkoin anonim hisoblanadi va uni kuzatish juda murakkabdir.

Bitkoinlarga shubha bilan qaraydigan JPMorgan Chase & Co. banki rahbari Jyeyms Daymon agar nimadir rejadagidek ketmasa, hukumatlar bitkoinga davlat nazoratisiz mavjud bo‘lishga ijozat berishlariga shubha bildirdi. “Hukumatlarga o‘z pul massasini nazorat qilish yoqadi”, deb aytdi mutaxassis. 

Hozirda ko‘plab davlatlar markaziy banklari o‘z kriptovalyutalarini joriy qilish haqida o‘ylamoqda. Misol uchun, Xitoy markaziy banki huzuridagi raqamli valyutalarni o‘rganish instituti direktori Yao Tsyan mamlakat markaziy banki maksimal qisqa muddatlarda o‘z kriptovalyutasini chiqarishi kerakligini aytgan.

Ko‘proq yangiliklar: