Yangi hisobotga ko‘ra, 2023 yilga qadar odamga o‘xshash robotlar bozori 10 barobarga o‘sadi. Hozirgi kunda u 320,3 million dollarga baholanmoqda, ammo olti yildan so‘ng uning qiymati 3,9 milliard dollarni tashkil etadi. Bunga faqatgina texnologiyalar rivojining past sur'ati xalaqit berishi mumkin. Hozircha androidlar juda mobil emas va odamlar kabi yengil tarzda ishlay olmaydi, deb yozmoqda Futurism.
Odamlarga o‘xshash robotlar ta'lim va chakana savdoda qo‘llaniladi, bu yerda ular mijozlarga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi. Bundan tashqari, robotlar logistika va tibbiyotda rivojlangan sun'iy idrok tizimlari uchun tana qobig‘i sifatida paydo bo‘ladi.
Biroq, bozorning o‘sishiga to‘sqinlik qiladigan narsalar ham bor. Hozirda robotlar shifoxonalardagi hamshiralar yoki sotuvchilarni to‘liq almashtiradigan darajada harakatlana olmaydi. Shuning uchun keyingi bir necha yil ichida texnologiyalarni yaxshilash kerak, bu androidlar har qanday muhitga osongina moslasha olishi va insonga yaqin darajadagi mexanik funksiyalarni bajarishi uchun kerak.
Bundan tashqari, prognozda aytilishicha, odamlarga o‘xshash robotlar uchun asosiy bozor Osiyo-Tinch okeani mintaqasi bo‘ladi. Ular aholisi jadallik bilan keksayib borayotgan Yaponiya va Xitoyda ishchi kuchining yetishmovchiligi muammosini hal qilishda yordam beradi, sababi bu yerlarda iqtisodiyot androidlar ishtirokisiz kerakli hajmlarga bardosh bera olmaydigan darajaga kelib qoldi. Robotlar nafaqat ishlab chiqarishda ishchilarni almashtiradi, balki hamshiralar va qariyalar uylarida «shaxsiy gigiyena bo‘yicha yordamchilar»ga aylanadi.