Xitoyning yana bir kompaniyasi elektrokar ishlab chiqaradi

Fan-texnika 09:40 / 09.11.2017 5648

Xitoyning Leap Motor kompaniyasi o‘zining ilk modeli aks etgan tizerni e'lon qildi. LP-S01 elektr sportkarining ilk taqdimoti joriy yil 10 noyabrda bo‘lishi kutilmoqda. Ammo avtomobil 2019 yil martidan sotuvga chiqariladi, deb yozmoqda Car News China.

Elektrokar bir motorli agregat bilan jihozlanadi. U 170 ot kuchiga teng bo‘ladi. LP-S01 bir marta quvvatlangach 360 km masofani ortda qoldira oladi. Mashina 100 km/s tezlikka 6,9 soniyada erishadi. 

Foto: Car News China

LP-S01 jihozlanishiga «intellektual boshqaruv tizimi», Wi-Fi multimedia tizimi, yuzni tanish orqali kalitsiz kirish tizimi, maxsus mobil ilova orqali mashinani do‘st yoki oila a'zosiga taqdim etish mumkin bo‘ladi. 

Uning boshlang‘ich narxi 30 160 dollar bo‘ladi. Davlat imtiyozi ayirib tashlansa, 16 590 dollarga aylanadi. 

Leap Motor kompaniyasi 2017 yili tashkil etilgan. Uning bosh qarorgohi Xitoyning Chjetszyan viloyatida joylashgan. Zavod qurilishi va ilk modelni ishlab chiqishga sarflangan investitsiya miqdori 380 mln dollarni tashkil etdi.

Ko‘proq yangiliklar: