Haydovchini uxlatmaydigan aqlli bosh kiyim ishlab chiqildi

Fan-texnika 11:15 / 09.11.2017 14127

Rasmiy statistika ma'lumotlariga ko‘ra, dunyoda ro‘y beradigan har beshta avtohalokatning bittasi mudroqdan qiynalayotgan yoki rulda uxlab qolgan haydovchi aybi bilan sodir bo‘ladi. Ayni shu narsaga barham berish maqsadida juda ko‘plab turli xil uskunalar ishlab chiqilgan. Ammo yaqinda Amerikaning Ford avtokonserni mutaxassislari GTB firmasi muhandislari bilan hamkorlikda, aytish mumkinki, bu boradagi eng yuqori texnologiyali mahsulotni taqdim etishdi. Aqlli kepka haydovchiga rulni boshqarayotganda uxlashga yo‘l qo‘ymaydi. 

Birinchi navbatda ushbu bosh kiyimi taksichilar va uzoqqa qatnovchi haydovchilarga mo‘ljallangan. Ya'ni ko‘p vaqtini rulda o‘tkazadiganlar uchun ishlab chiqilgan. Ammo elektron bosh kiyim oddiy haydovchilarga ham foyda berishi mumkin. 

Kepka giroskoplar va bir nechta boshqa qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lib, u bosh holatini va harakatini qayd etib boradi. Bundan tashqari, qurilmani boshqarish uchun smartfon uchun maxsus ilova ham bor. 

Yuqori texnologiyali kepka barcha uskunalar ko‘rsatkichlarini tahlil qilib boradi. Agar bosh holati to‘satdan o‘zgarsa yoki orqaga ketishi qayd etilsa, kepka kuchli tebranishni boshlaydi, haydovchi ko‘ziga yorug‘liq diodlarini yoqib-o‘chiradi hamda tovush chiqaradi. Bu haydovchining uyg‘onishiga turtki beradi. Bu nafaqat haydovchini uxlatmaydi, balki tetiklik taqdim etadi. 

Ayni vaqtda ishlab chiqaruvchilar uning aniq qiymatini aytishgani yo‘q. Ford vakillari Ford yuk mashinasining 60 yilligi munosabati bilan Braziliyada o‘tkaziladigan tantanalarda kepka narxini e'lon qilishga va'da berishmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: