122 davlat ichida 114-o‘rin. O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha dunyo reytingida yanada pastladi

O‘zbekiston 11:30 / 09.11.2017 28901

O‘zbekiston mobil va doimiy internet tezligi bo‘yicha joriy yilning oktabr oyi yakuniga ko‘ra e'lon qilingan reytingda pastlagan. Speedtest Global Index hisobotida yozilishicha, mamlakat mobil internet tezligi bo‘yicha 122ta davlat qayd etilgan ro‘yxatda 114-o‘rinni egallagan.

Markaziy Osiyo davlatlaridan Qirg‘iziston 90-o‘rin, Qozog‘iston esa 66-o‘rinda qayd etilgan.

Ta'kidlash joizki, joriy yilning iyul oyida e'lon qilingan hisobotga ko‘ra, O‘zbekiston qisqa davr ichida 11 pog‘ona yo‘qotgan. Shuningdek, ro‘yxatning 120-pog‘onasida Tojikiston qayd etildi. 

Doimiy internet tezligi bo‘yicha O‘zbekiston yana 2 pog‘ona pastlagan. Ro‘yxatda 128-o‘rinni egallab turgan O‘zbekistondan yuqorida Turkmaniston, Pokiston, Suriya, Qirg‘iziston, Armaniston davlatlari joylashgan. Peshqadam sifatida Singapur (148,62 Mbit/s va 165,80 Mbit/s), undan so‘ng Hongkong va Islandiya o‘z natijasini yaxshilab borayotganini ko‘rish mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: