Amerikaning Alphabet korporatsiyasi tarkibiga kiruvchi Waymo kompaniyasi Arizona shtatining Finiks shahri ko‘chalariga o‘zi boshqariladigan Chrysler Pacifica avtomobilini chiqardi. Bu haqda Ars Technica yozmoqda.
Haydovchisiz harakatlanadigan avtomobillar ustida ish olib borayotgan aksar kompaniyalar har ehtimolga qarshi haydovchini o‘tqazadi. U kutilmagan vaziyatda boshqaruvni o‘z zimmasiga olishi kerak. Waymo mashinalarida bu odam orqa o‘rindiqda o‘tiradi. U mashinani to‘xtatadigan tugmachaga ega.
Yaqin oylarda Waymo taksi xizmatini joriy qilishni rejalashtirmoqda. Birinchi bosqichda test dasturi ishtirokchilari shunday taksilardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
Birinchi bosqichda safarlar bepul bo‘lishi ta'minlanadi. Biroq uncha katta bo‘lmagan hududni qamrab oladi. Kelajakda Waymo bu xizmatni barchaga taklif etishni va buning uchun pul olishni reja qilgan.
Waymo avtomobillarida atrof-muhitdagi bino va inshootlar joylashgan xarita jadvali bo‘ladi
Mashina salonining tepa qismida boshqaruv paneli bo‘lib, uning yordamida Waymo qo‘llab-quvvatlash markazi bilan bog‘lanish, eshiklarni yopish yoki ochish, safarni boshlash yoxud mashinani to‘xtatish mumkin.
Nashrning yozishicha, Finiks muqobil avtomobillar uchun eng qulay shaharlardan biridir. Bu yerda har doim quyoshli bo‘lib, kamdan kam hollarda yomg‘ir yog‘adi yoki muzlash holatlari kuzatiladi. Biroq Waymo kompaniyasining ishonch bildirishicha, ularning avtomobillari kuchli yomg‘irda ham harakatlana oladi. Bundan tashqari Finiks ko‘chalari keng va boshqa yirik shaharlarga qaraganda tirbandliklar kam uchraydi. Shuningdek, Arizonada muqobil avtomobillar uchun cheklovlar mavjud emas.