O‘zbekistonda moliyaviy siyosat kuchaytirilib, inflyatsiya sur'atlari pasaytiriladi. Respublika Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari T.A.Ishmetov mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilashga bag‘ishlangan xalqaro doira muhokamasida shunday bayonot bilan chiqdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan ikki oy ichida O‘zbekiston aholisi mamlakat banklariga 500 million dollardan ortiq pul sotgan. Valyuta ayirboshlash o‘tgan yilga nisbatan 70 foizga oshgan. Eksport esa 20 foizga yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etgan. Sarmoyadorlar faoliyati faollashgan. Tashkilotlar daromadi 17 foizga oshgan.
"O‘tgan vaqt davomida banklarning kapitalizatsiyasi 40 foizga oshdi. O‘zbekistondagi har bir bankning stressga chidamliligi borasida qator ishlar qilindi. Milliy valyutaga bo‘lgan ishonchni oshirishga doir ishlar qilingani qayd etildi", - deydi Markaziy bank vakili.
Yakka tartibdagi korxonalar ba'zi soliqlardan ozod qilindi. Ularning faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish uchun shart-sharoitlar yaratildi. Bundan tashqari, tovarlar narxini barqaror ushlab turishga harakat qilinayotgani ma'lum qilindi. O‘zbekistonda narxlar indeksini doimiy tahlil qilish yo‘lga qo‘yildi.
Moliyaviy hamkorlar bilan birgalikda turli dasturlar ishlab chiqildi. Liberalizatsiya islohotlari davom etmoqda, uni to‘liq amalga oshirish ancha vaqt talab qilishi qayd etildi.