Apple iPhone’lar o‘rtasida pul o‘tkazish funksiyasini ishga tushirdi

Fan-texnika 15:00 / 08.11.2017 6833

Bugun Apple’ning yangi funksiyasi beta-versiyasiga start beriladi, u iPhone’ga xabarlar orqali pul mablag‘larini jo‘natish imkonini beradi. Bu haqda TechCrunch xabar qilmoqda.

Tizim Pay Cash nomini oldi, uni iOS 11.2 beta 2’ga ega barcha foydalanuvchilar ishlatishi mumkin. Foydalanuvchi xabarida Apple Pay tugmachasi paydo bo‘lgan, u to‘lovni amalga oshirish yoki boshqa kimdandir mablag‘ o‘tkazib berishni so‘rash imkonini beradi. Shu bilan birga, jarayonda Apple Pay’ga bog‘langan bank kartasi qo‘llaniladi. Debet kartadan Apple Pay Cash yordamida qilinuvchi pul o‘tkazmasiga komissiya solinmaydi.

Avvalroq yangi iPhone X’ning asl tannarxi ma'lum qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: