Bugungi kunda dunyoda ko‘pmotorli uchar qurilmalarning loyihalari ustida ish olib borayotgan kompaniyalar ko‘p. Joby Aviation va eVolo, Jetpack Aviation va Hoversurf kabilar shular jumlasidan. Biroq yana bitta kompaniya ham borki, u soatiga 113 km tezlikda parvoz qila oladigan va havoda 3 kilometrdan balandlikda ucha oladigan qurilmani sinovdan o‘tkazishga ulgurdi U ham bo‘lsa Kaliforniya shtati, Torrans shahrida tashkil etilgan Advanced Tactics, Inc. firmasidir. Startap ko‘p maqsadli AT Transporter kvadrosiklini namoyish etdi. U 6 kishini yoki 544 kg yukni manziliga yetkaza oladi, deb yozadi New Atlas.
Black Knight Transformer yirik dron bo‘lib, u boshqa barcha turdosh qurilmalarni ortda qoldiradi. Chunki kompaniya o‘z g‘oyasini hayotga tatbiq etish uchun batareyalar texnologiyalari bunga qachon imkon berishini kutib o‘tirishmadi. Kompaniya harbiy maqsadlarni tashigan o‘ziuchar qurilma elektr dvigatel o‘rniga benzinli motordan foydalanadi.
AT Transporter VTOL modul platformasidan iborat bo‘lib, bir nechta vazifani bajara olishi bilan ajralib turadi. Undan yuk yoki yo‘lovchilarni tashishda foydalanish mumkin.
Joriy nusxa 3 kishi yo‘lovchini yoki 363 kg yukni tashiy oladi. U soatiga 322 km tezlikda 5 soatgacha parvoz qila oladi. Dron yonilg‘i bakini yo‘l yoqasidagi mahalliy AYoQShda ham to‘ldirib olish mumkin. Elektr motorli dronlar esa, bu qurilma bilan bahslasha olmaydi. Chunki elektrodvigatelli dronlar hozircha ko‘pi bilan 20 daqiqa ucha oladi.
Bundan tashqari, kompaniya turbokuchaytirgichli motor o‘rnatilgan namunasini ham taqdim etdi. Bu, o‘z navbatida, dron xususiyatlarini yanada kuchaytiradi. Shu bilan dron 1296 km masofaga soatiga 354 km tezlikda 7 soat mobaynida parvoz qilishi mumkin bo‘ladi.
Multi-Mission Transporter dronidan 360-400 metr balandlikdan suvni kerakli joyga to‘kish bilan o‘t o‘chirish vositasi sifatida foydalanish mumkin. U halokat ro‘y bergan hududlarga mahsulotlar yetkazishi yoki qo‘nishning imkoni yo‘q joylarda yuklarni yuklashi mumkin. Bundan tashqari, suv ustida qutqaruv amaliyotini olib borish uchun suzgichlar bilan jihozlanishi yoxud tibbiy ko‘chirish maqsadida tashigichlar joylanishi mumkin.
Uchuvchi dron bortidan yoki masofadan turib qurilmani boshqarishi mumkin.
3 yo‘lovchiga mo‘ljallangan dron 249 000 dollar tursa, 6 yo‘lovchini tashiy oladigan namunasi 395 000 dollardir. Ta'kidlanishicha, bu ayni vaqtdagi taxminiy narxlardir.