2011-2016 yillarda O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar oqimi pasaygan

Iqtisodiyot 15:55 / 08.11.2017 11630

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar 2011-2016 yillardagi xorijiy investitsiyalar oqimining pasayish tendensiyasini o‘zgartirish imkonini berdi. Bu yillardagi pasayish ko‘rsatkichlari 3,3 milliard dollardan 1,9 milliard AQSh dollarigachani tashkil qilgan. 8 noyabr kuni O‘zbekistonda investitsion muhitni yaxshilashga bag‘ishlangan yig‘ilishida shu haqida ma'lum qilindi. Tadbirda ishtirok etgan KUN.UZ muxbiri shu haqida xabar berdi.

Yig‘ilishda ishtirok etgan qatnashchilarning so‘zlariga ko‘ra, investitsion salohiyatning o‘sishiga sohaga oid milliy qonunchilikning takomillashmagani, xususan, qonunchilik me'yorlarining investitsiya sohalari bo‘ylab nomunosib tarqalishi, Qonun osti hujjatlarining qonunlarga zidligi investitsion qonunchilikning pasayishiga hamda iqtisodiy rivoji va mamlakat taraqqiyotiga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda. 

Mazkur muammolarni hal etish uchun mamlakat rahbariyati investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ma'muriy-huquqiy va sud tomonidan himoya qilishning samarali mexanizmlarini ko‘zda tutuvchi yangi qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish vazifasini qo‘ydi. Shu munosabat bilan Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tomonidan Oliy Majlis Senati va BMT Taraqqiyot dasturining ekspertlari ko‘magida Investitsiya kodeksini ishlab chiqishga doir ishlarni yurituvchi idoralararo ishchi guruhi tuzildi.

Ko‘proq yangiliklar: