Brent nefti narxi 64 dollardan yuqoriladi

Iqtisodiyot 00:08 / 07.11.2017 5788

Londondagi ICE birjasi ma'lumotlariga ko‘ra, 6 noyabrdagi savdolar vaqtida Brent neft markasining narxi 64,2 dollarni tashkil qildi. Oxirgi marta bu turdagi neft narxi 64 dollar atrofida 2015 yil 24 iyunida bo‘lgan.      

3 noyabrda neft narxi 2015 yil 2 iyulidan beri ilk marta 62 dollarlik chegaradan o‘tgandi. 5 noyabrda uglevodorodlar narxi Saudiya Arabistonida katta ko‘lamli aksilkorruptsion kampaniya boshlangani sababli o‘sishda davom etgan.   

Ko‘proq yangiliklar: