Yaqinda sotuvga chiqqan iPhone X smartfoni bilan bog‘liq yana bir muammo borligi ma'lum qilindi. Bu haqda Apple kompaniyasining o‘zi xabar qilgan.
Ta'kidlanishicha, gadjyetning displeyi kuyish oqibatida qorayib ketishi mumkin ekan.
Muhandislarning fikricha, bu smartfonda o‘ta kontrast yorqin tasvir ochilgani sababli yuz beradi. Ta'kidlanishicha, Google uchun uning Pixel 2 XL smartfonlarida displeyning qorayib ketishi “bosh og‘rig‘i” bo‘lgan.
Apple foydalanuvchilar ushbu muammo yuzasidan shikoyat qilishlari vaziyatiga ehtiyot shart texnik ko‘mak ko‘rsatish saytida smartfonlarda o‘rnatilgan Super Retina displeyining qorayib ketishi oldini olish uchun nima qilish kerakligini batafsil bayon etgan. Ushbu muammoga qaramay, kompaniya bu displeylarni tarmoqdagi eng yaxshisi deb atamoqda.