Samsung yangi reklamasida iPhone egalarini “mazax qildi”

Fan-texnika 23:00 / 06.11.2017 19010

Samsung kompaniyasi marketologlari “Ulg‘ayish” deb nomlangan reklama roligida iPhone smartfonlari ixlosmandlarini “mazax qildi”. Rolikda nafaqat iPhone’ning ilk modeli iPhone 2G’dan boshlab qolgan modellaridagi kamchiliklar, jumladan kichik hajm, chang va namlikdan himoyaning yo‘qligi zarur vaqtda pand berishi “mazax qilingan”, balki “lightning” turidagi konnektorga o‘tilgani ham “eslab o‘tilgan”. Shuningdek, yaqinda sotuvga chiqarilgan iPhone X’dagi ba'zi dizaynerlik yechimlariga ham tanqid ko‘zi bilan qaralgan.   

Rolik so‘ngida ancha yillardan beri iPhone’larning kamchiliklaridan “charchagan” bosh qahramon sevimli qurilmasini tortmaga qo‘yib, Samsung smartfonidan foydalanishga qaror qiladi.  

Janubiy Koreya kompaniyasi marketologlarining fikricha, Apple qurilmalaridagi ba'zi noqulayliklar kompaniya mijozlari bir qismining Galaxy Note 8 smartfonlaridan foydalanishga o‘tishga undashi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: