Uch nafar yaponiyalik muhandis koinotga muntazam parvozlar amalga oshirish mumkin bo‘lgan dirijabl yaratishganini e'lon qilishdi.
OAVning ma'lum qilishicha, dirijablning tajribaviy modeli 2 yil avval qurilgan va shu vaqtdan beri sinovlardan o‘tkazib kelingan. Koinot dirijablining ilk parvozi 2018 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Yangi va kutilmagan ko‘rinishdagi koinot kemasi butun konstruksiyaga zarur puxtalik va mustahkamlik beruvchi va shu bilan parvozlar ishonchliligini ta'minlovchi kompozit materialdan yaratilgan. Ushbu dirijablning ishlashi 20-asrlar boshidagi dirijabllar ishlash prinsipiga asoslangan.
Biroq dirijabldagi kislorod faqat 3 kungagina yetadi. Ammo hozirgi koinot qurilmalaridan farqli ravishda, dirijabl ancha tejamkordir. Shu sababli unga porloq istiqbol va'da qilinmoqda.