3 noyabrda Fitch agentligi Venesuela suveren reytingini «C» darajasiga tushirdi va Karakas tomoni qarz bo‘yicha majburiyatlarni bajara olishi ehtimoldan yiroq ekanini ma'lum qildi.
"Fitch’ning fikricha, avval suveren obligatsiyalar bo‘yicha amalga oshirilmagan to‘lovlar hisobga olinsa, bu qarz defoltini katta ehtimol bilan keltirib chiqaradi", - deyiladi reyting agentligining xabarida.
Xuddi shunday qaror Standard & Poor's yirik reyting agentligi tomonidan ham qabul qilindi, u Janubiy Amerika davlati reytingini "SSS" dan "SS" ga qadar pasaytirdi.
Reytingning pasayishi Karakasning tashqi qarzni qayta tuzish va qayta moliyalash bo‘yicha rejalari fonida ro‘y berdi. U, ekspertlarning baholashicha, 150 milliard dollarga yetadi. Venesuela hukumati qarzdorlar bilan uchrashuvni 13 noyabr kuniga rejalashtirgan.