MDH doirasida hamkorlikni rivojlantirish uchun barcha yuridik asoslar yaratilgan, dedi Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Toshkentda bo‘lib o‘tgan MDH davlatlari hukumat rahbarlarining uchrashuvida.
Medvedevning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilda MDH doirasidagi tovar aylanmasi 25 foizga oshgan.
O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripovning ta'kidlashicha, respublika MDHdagi faoliyatini yangi sifat bosqichiga olib chiqishga intilmoqda.
Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston MDHni keng ko‘lamli dolzarb masalalar bo‘yicha ochiq va ishonchli fikrlar almashinuvchi platforma deb hisoblaydi.
Abdulla Aripov O‘zbekiston hamdo‘stlikka a'zo davlatlar bilan investitsiya, transport, turizm va ta'lim hamda xavfsizlik masalalarida hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini ma'lum qildi.
Ta'kidlash joizki, Toshkentdagi uchrashuvda mamlakat bosh vaziri Abdulla Aripov, RF bosh vaziri Dmitriy Medvedev, Belarus bosh vaziri Andrey Kobyakov, Qozog‘iston bosh vaziri Bakitjon Sagintayev, Qirg‘iziston bosh vaziri Sapar Isoqov, Tojikiston bosh vaziri Kohir Rasulzoda, Armaniston bosh vaziri Karen Karapetyan, Ozarboyjon bosh vazir o‘rinbosari Yoqub Ayubov, Turkmaniston bosh vazir o‘rinbosari Esenmurod O‘razgeldiyev, shuningdek Moldovaning Belarusdagi elchisi Viktor Sorochanlar ishtirok etishdi.