iPhone'ning o‘ninchi modeliga nisbatan "ilk marta" iborasi ko‘p ishlatildi. Apple joriy yilda biryo‘la uch modelini taqdim etdi: iPhone 8, iPhone 8 Plus va iPhone X. Oxirgi ayfon kompaniyaning 10 yillik yubileyiga atab ishlab chiqarilgani uchun orada to‘qqiz sonini xatlab o‘tishga to‘g‘ri keldi.
Forbes jurnali Apple kompaniyasi muzeyidan iPhone'ning yubileyiga yangi model ishtirokidagi videolavhasini tayyorladi. Shuningdek qurilmaning yubiley modelidan foydalanish qulaymi yoki yo‘q - sinab ko‘rildi.
Apple yuqori texnologiyalarga sodiqlikni saqlagan holda taxminan uch yilda bir marta o‘z qurilmalari dizaynini o‘zgartiradi. Kompaniya 2014 yilda iPhone 6'da qo‘llagan yangi dizaynini o‘zgartirish vaqti kelgandi, 8 va 8 Plus modellari esa eski shaklda ishlab chiqarilgandi, chunki yangi "qiyofa" X-model uchun saqlangan.
iPhone X'ning old tomonidagi yangiliklardan boxabarsiz, albatta - ekrandan boshqa barcha ortiqcha narsalar olib tashlangan, hatto Home tugmasi ham. Ko‘rinishidan zamon bilan hamnafas, biroq smartfonni qo‘llash borasida yangi usullarni o‘rganishga to‘g‘ri keladi. Ekran diagonali - 5,8 dyuym, ya'ni iPhone 8 Plus'dan biroz kattaroq, shunday bo‘lsa-da, bu yerda biroz ayyorlik ishlatilgan - tomonlar nisbati o‘zgargan. Apple Samsung ortidan nisbatan cho‘ziq ekranlarga o‘tdi: 16:9 tomonlar nisbatidan 2,2:1'ga (kompaniya yangi smartfoni ekranining o‘lchamlari - 2436x1125).
Aftidan, ishlab chiqaruvchilar smartfon ekranida ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlardagi uzundan-uzoq lentalarni ko‘zdan kechirishni mo‘ljallashgan, chunki u hatto filmlar uchun ham katta - tavsirning yon tomonlarida to‘q rangli hoshiyalar qoladi. iPhone X displeyi yangi o‘lchamlar tufayli 8 Plus'nikidan uzunroq. Displey juda tiniq va bu faqat smartfon o‘lchamlari bilan izohlanmaydi, bunga OLED-ekranlar ham sababdir. Undagi matn xuddi qog‘ozga bosib chiqarilgandek ko‘rinadi, filmlar avvalgi modellarga nisbatan yanada rang-barang, foydalanuvchilarda katta taassurot qoldiradi.
Smartfonni ushlash qulay va shu bois qiziq - kelgusida bundan-da yirik versiya ishlab chiqarilarmikan yoki Apple shu o‘lchamda to‘xtarmikan? Shunisi ajablanarliki, yangi model bilan tanishgan bir necha respondentdan ikki nafari uning haji katta ekanini aytdi, holbuki ekran Plus modifikatsiyadagi smartfonlar ekrani bilan deyarli bir xil.
Ekranda ishlash usullari o‘zgargan - zero endi unda Home tugmasi yo‘q. Iki daqiqada o‘rganib olish mumkin, lekin eski modellarda boshqaruv sxemasi o‘sha-o‘sha.
iPhone X ekranining yuqori qismini trapetsiyasimon qoplama yopadi. Unda Face ID yuzdan tanish tizimining dinamika va komponentlari o‘rnatilgan. Muallif Face ID bilan ishlar ekan, barmoq izlari skaneri bilan ilk tanishuvini yodga oldi. U qadar murakkab jarayon emas, o‘zingizni kosmonavtdek his qilasiz - har holda yuqori texnologiyalar olami bilan yuzma-yuz kelasiz. Face ID-texnologiyasi yaxshi ishlaydi, lekin a'lo darajada deb bo‘lmaydi, zero ahyon-ahyonda u noma'lum sabablarga ko‘ra egasini tanimay qolmoqda va keyin pin-kod kiritishga to‘g‘ri kelmoqda. Biroq bu kamdan-kam holatlarda. Shunisi muhimki, biz muzeyda ko‘rgan maktab o‘quvchilari iPhone X'ni blokdan yecha olishmadi, Apple bejiz "yuz biometriyasi barmoq izlari skaneridan 20 karra ishonchli" degan bayonot bilan chiqmagani amalda tasdig‘ini topdi. Face ID parol funksiyasi bilan cheklanib qolmaydi, unda egasining imo-ishoralarini takrorlaydigan animatsiya ham mavjud (bu haqida kompaniya taqdimotida ma'lum qilingandi). Hozircha bu ko‘ngilni chog‘ qilishning bir usuli, biroq kelgusida, ehtimol, bunga ham biznes-qo‘llanma topilib qolar. Masalan, chatlarda suhbatdoshlarning his-tuyg‘ularini yetkazish uchun.
Videorolik mualliflarining so‘zlariga ko‘ra, iPhone X hozircha ishonchni oqlamoqda. Ham orqa, ham frontal kameralar juda yaxshi suratga olmoqda. Frontal kamerada "Portret" rejimining mavjudligi alohida diqqatga sazovor.
Sutka davomida suratga olish, veb-serfing va messenjerlar bilan ishlash natijasida iPhone X batareyasining ishonchli ekani tasdiqlandi. Bu doim zaryad qurilmasini izlamaslik uchun muhim. Smartfonning orqa paneli 8 va 8 Plus modellaridagi kabi shishadan ishlangan, bu esa simsiz zaryad modulini integratsiyalash imkonini beradi.
Apple kompaniyasi iPhone X modelini olti va yettinchi modellar miqdorida ishlab chiqara olsa va ularni sotsa, bu kompaniyaning birinchi bo‘lib trillion dollarlik bozor kapitalizatsiyasiga erishish imkonini oshiradi. Bularning bari esa yangi smartfonga 1000 dollar sarflashga tayyor xaridorlar tufaylidir.