Xitoyda dunyodagi ilk aqlli kema suvga tushirildi

Fan-texnika 23:55 / 03.11.2017 14233

Xitoyda qurilgan, to‘liq axborot texnologiyalariga ulangan dunyodagi ilk kema Guanchjouga bir haftalik sinov sayohatini boshladi. China Daily nashrining ma'lum qilishicha, kema yil oxirida nomi ma'lum qilinmagan mijoz ixtiyoriga topshiriladi.  

Great Smart deb nomlangan aqlli kema China State Shipbuilding Corp (CSSC ) kompaniyasi tomondan qurilgan. Kema 38,8 ming tonna suv sig‘imdorligiga ega yuk kemasi bo‘lib, Green Dolphin kemasining modifikatsiyasi hisoblanadi.

Great Smart dunyodagi ilk aqlli kema deb atalmoqda, chunki bu kema dengiz tasniflanishi britan jamiyati Lloyd’s Register (Lloyd ro‘yxati) tomondan qabul qilingan “kiberxavfsiz”, “kiber-ijrochi” va “kiber-qo‘llab-quvvatlovchi” mezonlariga mos keladigan ilk kemadir. Avvalroq Janubiy Koreyaning Hanjin Heavy Industries and Construction verfida ham “aqlli” degan tasnifga da'vogarlik qiluvchi uchta kema yasalgan, biroq ular Lloyd ro‘yxatida faqatgina “kiberxavfsiz” deb tasniflagan.

Ishlab chiqaruvchining aytishicha, Great Smart kemasi eng yangi axborot texnologiyalarini, jumladan ma'lumotlarni real vaqt rejimida to‘plash va qayta ishlash, katta hajmdagi hisob-kitoblarni amalga oshirish, raqamli modellshtirish va masofadan boshqarishni qo‘llaydi. Shuningdek, kema dasturiy ta'minotiga dvigatellar va kardan vallari kabi asosiy qurilmalarning holatini kuzatishga qodir axborot tizimlari to‘plami o‘rnatilgan. Bu moslamlarning barchasi ekipajning ishini yengillashtiradi va kema samaradorligini oshiradi.

Ayni vaqtda kemaning robotlashtirilgani dengizchilarga o‘z ta'sirini ko‘rsatmagan: ekipaj qoidalarga ko‘ra butlangan. Biroq kelgusida texnologik taraqqiyot o‘zgarishlarga olib kelishi va kema egalariga ishchi kuchida tejash imkonini berishi mumkin. Umuman olganda, aqlli kemalarning istiqboli porloqdir: ular kamroq yonilg‘i sarflaydi hamda yuqori ishonchlilik va xavfsizlik bilan ajralib turadi.

Hozirda bunday kemalarni yaratish bilan Yevropa, Janubiy Koreya va Yaponiyada ham shug‘ullanilmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: