«Gazprombank» o‘z kreditlarini Milliy bank orqali beradi

Iqtisodiyot 16:40 / 02.11.2017 14408

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki 2017 yil 2 noyabrda Rossiya Federatsiyasining «Gazprombank»i bilan «O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun kredit liniyasini ochish to‘g‘risida bitim» imzoladi.

Shartnomaning miqdori 153 mln. AQSh dollarini tashkil etadi. Bitimda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun 7 yilgacha bo‘lgan uzoq muddatli kredit resurslarini taqdim etish ko‘zda tutilgan.

Ushbu bitim kafolatsizdir, ya'ni qarz oluvchidan davlat kafolatlarini berishni nazarda tutmaydi.

Ko‘proq yangiliklar: