Vetnam Markaziy banki kriptovalyutalarni taqiqladi 

Iqtisodiyot 14:07 / 31.10.2017 4491

Vetnam sotsialistik respublikasi davlat banki mamlakatda kriptovalyutalardan foydalanishni noqonuniy deb e'lon qildi. Kimki raqamli pul bilan muomala qilayotganda ushlansa, 2018 yildan boshlab javobgarlikka tortiladi, deb yozmoqda Cointelegraph. 2018 yil birinchi choragida kuchga kirishi kutilayotgan yangi qonunda shunday talablar bor. 

Qonunda alohida ta'kidlanishicha, mamlakatda amalda bo‘lgan yagona to‘lov vositasi bu Vetnam davlat banki tomonidan ruxsat berilgan yoki ishlab chiqarilayotgan pullardir. Nashrga ko‘ra, bitkoin va boshqa kriptovalyutalarning poygasi yangi qonun samaradorligiga ta'sir etadi. Bu taqiq amalda unchalik ishlamaydi yoki kriptovalyutalardan foydalanmoqchi bo‘lganlarning qarashini umuman o‘zgartirmaydi. 

Vetnam hukumatining bu borada amalga oshirishi mumkin bo‘lgan yagona yo‘li krptovalyutalardan foydalanadigan yirik kompaniyalarga qarshi kampaniyasini boshlashdir. Vetnam MBning qarori muvaffaqiyatsiz ko‘rinadi, chunki u moliyaviy sohada innovatsiyalarga barham beradi. 

Bugungi kunda dunyo mamlakatlari kriptovalyutalar borasida 2 xil siyosatning birini tanlamoqda. Ayrimlar noqonuniy pul o‘tkazmalarining oldini olish hamda foydalanuvchilarni firibgarliklardan himoya qilish maqsadida cheklovlar bilan qo‘llashga ruxsat beradi. Boshqalari bunday pullarni umuman qo‘llashni taqiqlaydi. 

Ko‘proq yangiliklar: